Uning fikricha, 19 yoshli futbolchi "Granada"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Biroq, Fati "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
"Biz Ansuni yaxshi ko'ramiz. U endi qaytmoqda va bu biz uchun yaxshi xabar. U juda yaxshi ishlamoqda.
Tavakkal qilmoqchi emasmiz, chunki uni mavsum oxirigacha safdan chiqarish xavfi bor.
SHuning uchun, uning to'liq tayyor bo'lishini biroz kutamiz. Gap uning jismoniy holati haqida ketmoqda", - dedi Xavi.
Bazi manbalarda u "Real"ga qarshi o'ynashi mumkinligi qayd etilgan. Eslatib o'tamiz, "Granada"ga qarshi o'yin bugun o'tkaziladi. "Real"ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim final uchrashuvi esa 12 yanvar kuniga rejalashtirilgan.