"Hozir hammasi PSJning qaroriga bog'liq, sababi "Real" Mbappe operaciyasiga qaytgan. Bir necha kun oldin "qirollik klubi" parijliklarga 50 million evro taklif qildi. Barchasi qanday yakun topadi, menga nomalum. Nazarimda, Peresning bu "yurishini" etiborsiz qoldirish kerak emas.
Menimcha, Mbappedek futbolchini tekinga qo'ldan chiqarish sharmandalik bo'ladi. Biroq Parijdagilar bu borada qanday fikrda menga qorong'u", – dedi Brankini "La Gazzetta dello Sport"ga.
Eslatib o'tamiz, yozda "Real" PSJga Mbappe uchun 180 million taklif qilgan edi. ECHLning 1/8 final bosqichida aynan shu ikki jamoa o'zaro kuch sinashadi.