Manbaning xabariga ko'ra, ispanlar agar o'z klubini o'zgartirmoqchi bo'lsa, Garet Beyl, Isko va Marselo transferidan kamida 50 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, "Real" bu pulni yozgi transfer oynasi uchun asramoqchi.
Hozircha "qaymoqranglilar" Kilian Mbappeni qo'lga kiritish uchun etarli mablag'ga ega, ammo klub prezidenti Florentino Peres Erling Xoland bilan shartnoma tuzishni xohlaydi, uning uchun ham katta mablag' kerak bo'ladi.