"Real" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serhio Ramos Italiyaga qarshi o'yindan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
"Biz uchrashuvdan oldin iloji boricha Pikega nisbatan xushtakbozlikni kamaytirishga harakat qildi va bundan xursandmiz. Men Ispaniya o'yiniga 10 ballik sistemadan 9 ball qo'ygan bo'lar edim. Har doim alohida qismlarni yaxshilashingiz mumkin, lekin umuman olganda ajoyib o'yin. Isko va Asensio? Men "Real" yoshlaridan ko'nglim xotirjam. Ular juda yaxshi harakat qilishmoqda, bu terma jamoa uchun muhim." - deydi Ramos Football Espana nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, kecha "Santiago Bernabeu"da bo'lib o'tgan uchrashuvda stadiondagi suhandon Pikening ismini aytishi bilan muxlislar xushtakbozlik amalga oshirishdi.