“Odatda yaxshi himoyalanadigan jamoa uchun gol sovg'a qildik.
“Real” tatilda ortiqcha bir kun ushlanib qoldi. Jamoa Rojdestvodan oldingidek holatida emasdi. Bu mag'lubiyat biz uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'lib xizmat qilishi mumkin. Jamoa bugun ham bayram kayfiyatida edi.
O'zimni oqlashim shart emas. Yaxshi o'ynamadik va ochko yo'qotdik. Kecha shogirdlarimga mashg'ulotlarimiz yoqayotganini aytgandim. Hozirgi gaplarim tanqid emas, hech qanday drama yo'q, hali ham etakchimiz.
Bizda bir qator futbolchilar yo'q edi, bazilari esa bugun ko'ngildagidek o'ynamadi, misol uchun Benzama. 2-taymda esa Azar nimadir qilishga harakat qildi, ammo Marselo kabi vaziyatlar yarata olmadi. Ochig'i, bunday og'ir o'yinlarda Marselo ko'proq hujumda foyda beradi”, deydi italiyalik.