Statistikaga qaraydigan bo'lsak, "Qirollik klubi" vakillari bungacha La Ligada 11ta uchrashuvdan beri yutqazmay kelmoqda edi. 12-o'yin esa mag'lubiyat bilan tugadi.
"Real" ichki chempionatda so'nggi bor 3 oktyabr kuni safarda "Espanol"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. SHundan keyin Karlo Anchelotti shogirdlari 11ta bahsda maydonga tushib, 9 g'alaba va 2 durang qayd etishdi.
"Real" keyingi turni 8 yanvar kuni o'z maydonida "Valensiya"ga qarshi o'tkazadi.