Yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga saudiyaliklar qo'liga o'tganiga ko'p bo'lmagan "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda.
Klub rahbariyati Iskoni yanvardagi transfer oynasida taklif qilishga tayyor. Angliya klubi ehtimoliy yangi o'yinchiga yiliga 6 million evro to'lashga tayyor.
Xavbekning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi yarim yildan so'ng yakuniga etadi. Madridliklar amaldagi shartnomaga qaramay, Iskoni yanvarda tekinga qo'yib yuborishga tayyor.