"Real" ketma-ket 2 mavsumdan beri transferlarda foyda bilan chiqmoqda.
Ortda qolgan transferlarda klub Teo Ernandez va Dani Sebalyos uchun 46,5 mln yevro sarfladi, shuningdek, Vinisius Juniorga 45 mln.
Futbolchilarni sotishdan esa 136 mln yevro foyda ko'rdi. Alvaro Morata 75 mln ("Chelsi"), Daniloni "Man Siti"ga 30 mln, Diego Llorente ("Real Sosedad") 10 mln, "Lion"ga Marianoni 8 mln va shuningdek, Xames Rodrigezni 13 mln yevro evaziga ikki mavsumga "Bavariya"ga ijaraga berdi.
Vinisius Junior transferni inobatga olmaganda "Qirollik klubi" ushbu transferlarda 79,5 mln yevro foyda ko'rdi va shaxsiy rekordini yangiladi. O'tgan yili jamoa 7,5 mln yevro bilan foyda qilgan.