Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi xarid qilish huquqisiz "Real Sosedad"ga ijara asosida o'tadi.
Qayd etish kerakki, ispan klubi yarim himoyachi maoshining bir qismini to'laydi.
Rafinya joriy mavsum PSJ tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachining Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.