Manba taqdim etgan xabarga ko'ra, Kataloniya klubi 21 yoshli norvegiyalik forvard va PSJ hujumchisi Kilian Mbappening "Real"da to'p surishidan cho'chimoqda.
Laporta Madrid klubi hujumida Vinisius Junior, Karim Benzema, Mbappe va Xolandning birga o'ynashidan hayiqadi.
"Barselona" prezidenti Xolandni qo'lga kiritish yo'llarini topishga harakat qilmoqda, biroq uning asosiy maqsadi hujumchining "Real"ga o'tishiga yo'l qo'ymaslik hisoblanadi.
Norvegiyalik futbolchi joriy mavsumda Dortmundning "Borussiya" klubi safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xolandning Dortmund klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.