Manbaning xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" Garet Beyl va Iskoga ishonch bildirmaydi, shu bois ularning jamoadan ketishiga o'zlari yordam berishadi. Qolaversa, kelasi yozda ushbu futbolchilarning shartnoma muddati tugaydi.
Qolaversa, yanvar oyida Luka Yovich, Eden Azar va Mariano Diaslarga talab bo'ladigan bo'lsa, klub ularni sotishga tayyor. SHuningdek, klub rahbariyati transferlardagi asosiy etiborni yoz mavsumiga qaratishga qaror qilib, qishda futbolchi sotib olishni rejalashtirmayapti.