Karlo Anchelottining aytishicha, Eduardo Kamavinga Madrid lagerida allaqachon bebaho tajriba orttirmoqda.
"Kamavinga, Valverde va boshqa yosh futbolchilar Modrich, Kroos va Kazemiro bilan bir jamoada ekanliklarini tushunishlari kerak. Ular dunyoning eng zo'rlari bilan raqobatlashayotganini qadrlashlari va birinchi tarkibda kelajakda o'ynashlarini to'g'ri qabul qilishlari lozim.
Eduardoda ajoyib fazilatlar kuch bor, lekin u o'z ustida ishlashda davom etishi kerak. U endigina 19 yoshda! Modrich, Kroos, Kazemiro bilan har kuni mashg'ulot o'tkazish – bu magistrlik darajasiga ega bo'lishdek gap", – dedi Angchelotti.
19 yoshli Kamavinga joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 23 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.