"The Telegraph" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" futbolchilari 28 yoshli futbolchining yozda erkin agent sifatida o'tishini kutishmoqda. Oldinroq "CHelsi" germaniyalikka haftasiga 140 ming funt maoshlik shartnoma taklif qilganida futbolchi rad javobini bergan va muzokaralar to'xtab qolgandi. Antonio klubdan 2 baravar ko'proq maosh so'ragandi. "Real" esa ushbu summani to'lashga tayyor turibdi.
"CHelsi" futbolchini saqlab qolishni istamoqda. Ammo bunday katta maosh futbolchilar orasida kelishmovchiliklar kelib chiqarishini inobatga olib, Ryudigerdan narxni tushirishni so'ragan.
Ushbu mavsumda centrbek "CHelsi" tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.