"Azarning o'yinga kirishib ketishi qiyin bo'ldi, ammo ikkinchi taymda u yaxshiroq ko'rindi. Eden markazda yaxshiroq harakat qiladi, chunki u qanotda o'ynashga odatlanmagan. Azar mavsumning ikkinchi qismida "Real" uchun dahshatli qurol bo'lishi mumkin", - deydi Anchelotti.
30 yoshli belgiyalik futbolchi uch oyda ilk bor Madrid klubida asosiy tarkibda maydonga chiqdi. U joriy mavsum 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
"Real" Ispaniya chempionatida 18 turdan so'ng 43 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalini boshqarmoqda.