Agar 28 yoshli nemis London klubidan ketsa, "Real" - uning maqsadi, muzokaralar ketmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.
Yozda "CHelsi" bilan shartnomasi yakunlanadigan Ryudigerning haftasiga 400 ming funt maosh olishni xohlayotgani haqiqat emas. Ammo, u "ko'klar" taklif qilayotganidan ko'proq olmoqchi - yiliga 8,5 mln. U 12-15 mln ishlamoqchi.
SHuningdek "Bavariya"ning Antonio talab qilayotgan maoshni to'lash olmasligi va muzokaralarni rad etgani tasdiqlanmadi. Tomonlar hali ham aloqada, ammo myunxenliklar dastlab himoyachi Niklas Zyule bilan muzokara olib bormoqchi.