Eslatib o'tamiz, dastlabki qurada jamoaga "Benfika" raqiblik qilgan bo'lsa, qayta qurada "Real"ning raqibi sifatida PSJ tanlandi.
"Ajablanarli va uyatli holat. Nima uchun bunday qilishganini tushunib bo'lmaydi. Millionlab muxlislarni, sport dunyosini hisobga olish kerak edi.
PSJ bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutamiz. Bu turnir muxlislar uchun katta ahamiyatga ega. Raqibning kuchi va darajasini hurmat qilamiz. Umid qilamanki, chorak finalga chiqa olamiz", - dedi Butrageno.