Madridliklar futbolchi borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Klubdagilar Azar "CHelsi"dagi darajasiga qayta olishiga ishonishmayapti.
Futbolchi "Real"da 30 million evro maosh oladi. Garet Beyl bilan birga u jamoaning eng ko'p pul oladigan futbolchisi hisoblanadi. Aynan yuqori maosh sabab ayni paytda klub Azarga yangi jamoa izlamoqda.
Agar ijara bo'yicha variant chiqsa ham "Real" bu taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
Biroq, Azar qishda ijaraga ketmoqchi emas. Sababi, u o'zining beshinchi farzandi Ispaniyada tug'ilishini istaydi.