"Derbida o'ynash bizga doimo yoqadi. Muxlislarimiz, o'zimiz va klub uchun o'yin. Bunday o'yinlarda maydonda bor kuchingni berishni istaysan. Bunday bahslar katta ahamiyatga ega.
"Real"ga qarshi o'yin hal qiluvchi ahamiyatga ega deb o'ylamayman. La Liga uzoq davom etuvchi musobaqa. Hozir dekabr oyi. Oldinda yana ko'plab o'yinlar bor. Yakshanba kungi o'yinda biz g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Nima bo'lishini esa keyin ko'ramiz.
Men shu ruxda davom etishim lozim. Bu erga katta ishtiyoq bilan keldim. Maydonda va uning tashqarisida namuna bo'lishim lozim. O'ylaymanki, men to'g'ri yo'ldaman. Ishlashda davom etishim kerak", - dedi Grizmann.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Real" o'yini 12 dekabr kechqurun (O'zbekiston vaqti bilan 13 dekabr soat 01:00) o'tkaziladi.