Manba xabariga ko'ra, "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda (2:0) mushaklari shikastlangan franciyalik futbolchi derbida o'ynashni istamoqda hamda "Atletiko"ga qarshi o'yingacha tiklanish uchun qo'lidan kelgan hamma narsani qilmoqda.
Madrid klubi ham Benzemaning o'yinda ishtirok etishiga umid qilmoqda, ammo klub futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emas.
Yakuniy qarorni "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qabul qiladi.
Joriy mavsumda 33 yoshli futbolchi "Real" safida barcha turnirlar doirasida 20 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.