32 yoshli vingerga oldin u harakat qilgan Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda.
"SHporlar" rahbariyati Beylni qaytarishga tayyor, ammo ular jamoa ustozi Antonio Kontening roziligini olishni xohlashmoqda. Agar mutaxassis transferga rozilik bildirsa, bitim yanvarda amalga oshiriladi.
O'yinchining "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum La Liga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.