Karlo Anchelotti jamoasi ko'rsatgan o'yinni maqtadi. SHuningdek, u "Real" etakchi bo'lib turgan bo'lsa-da, chempionlik haqida o'ylashga hali erta ekanligini aytdi.
“Menga eng yoqqan jihati shundaki, jamoa qanday himoyalanishni bildi. Hujum chizig'i vakillarining mahoratiga hech qachon shubha qilmaganman, ammo bugun himoyada juda yaxshi o'ynadik.
Ispaniya chempionatidagi etakchiligimiz? Raqamlar hammasi yaxshiligini ko'rsatmoqda. Mehmonda hamma uchun qiyinchilik tuhdiradigan kuchli jamoaga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdik. CHempionlikka yaqinmiz deb o'ylamayman. Biz yaxshi natijaga erishdik, ammo poyga davom etadi. Kuchli raqobatchilarimiz bor, har bir o'yinda g'alaba qozonish qiyin", – dedi Anchelotti.