"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan nega Madridning "Real" klubidan ketgani haqida gapirdi.
“CHempionlar ligasida g'alaba qozonganingizdan keyin muxlislar sizni tabriklamaydi. Ular shunchaki: "Juda yaxshi, endi biz keyingisi uchun kurashamiz", deyishadi. Turnirda bir emas, to'rt marta g'alaba qozonganman, lekin muxlislar menga doim faqat bir narsani aytishardi.
Bazan o'ylaymanki, siz o'zingizda bor narsadan zavqlanishingiz kerak. Biz har doim ham g'alabalarni birga nishonlamaganmiz, chunki masalan, so'nggi CHempionlar ligasida g'alaba qozonganimizdan keyin jahon chempionati boshlanib ketdi. Bazida men to'xtash va muvaffaqiyatni nishonlash uchun maxsus tugmani bosishni xohlardim.
"Real" — o'zgacha klub, gap uning mentalitetida. Klub alohida yondashuvna talab qiladi. SHuning uchun men muhitni o'zgartirishni istadim. Bu mentalitetni yoqtirmaganim, uni yomon deb bilganim uchun emas. Aksincha, bu juda yaxshi mentalitet, ammo men boshqa narsani xohladim", – dedi franciyalik.
Varan avgust oyida "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Transfer summasi 40 million evroni tashkil qildi.