«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini MLS chempionatida davom ettirishi mumkin.
Yaqinda Angliya futboli yulduzi Devid Bekhem AQShda «Mayami» nomli shaxsiy klubiga asos soldi. Tez orada u chempionatdagi ishtirokni boshlaydi.
Mirror xabariga ko'ra, Bekhem «Real» to'purari Krishtianu Ronalduni va boshqa Evropalik yulduzlarni o'z jamoasi tarkibiga qo'shib olmoqchi.
Uning taxmini bo'yicha, 2020 yilda, Ronaldu 35 yoshga to'lganida MLS chempionatiga ko'chib o'tishga qarshi bo'lmaydi.