Endi taniqli futbolchilar, jurnalistlar yoki murabbiylardan kunning markaziy o'yinlari atrofidagi fikrlarini muntazam ravishda berib boramiz. Dastlabki mehmonimiz AGMK klubi matbuot kotibi SHahboz Beg'amov bo'ladi.
Real Madrid | LaLiga . 9-tur 02/12/2021, 01:00 - : - Boshlanmadi | Athletic Bilbao |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu
Bosh hakam: Isidro Diaz de Mera
Match-senterda ochish"Real Madrid" - "Atletik Bilbao" o'yini juda ham qiziq bo'lishi kutilmoqda. Bir-biriga teskari taktika asosida o'ynaydigan jamoalar maydonga tushadi. Yani, "Real" La Ligada hujum chizig'i eng kuchli jamoa bo'lsa, "Atletik" esa jadvalda birinchi to'rtlikda bo'lmasa ham aynan mudofaa chizig'ining kuchliligi evaziga ochkolar jamg'arib bormoqda. Bu o'yinda eng kuchli hujum bilan eng kuchli himoya to'qnash keladi. Tabiiyki, nisbatan kam gol ko'ramiz. Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda gollar ko'p bo'lish ehtimoli juda kam. Tarixga nazar solinsa ham, oldingi o'yinlarda g'olib jamoa asosan 1ta to'p farqi bilan g'alaba qozongan. "Atletik"ning imkoniyatlarini to'g'ri baholash kerak. Imkoniyatlar "Real"ning hozirgi holati va o'z uyida o'ynayotgani evaziga ham 51%:49% ("Qirollik klubi" foydasiga). Lekin, katta ehtimol bilan bu o'yinda durang qayd etiladi.
Everton | Premier League . 14-tur 02/12/2021, 01:15 - : - Boshlanmadi | Liverpool |
Stadion: Goodison Park
Bosh hakam: Paul Tierney
Match-senterda ochishMersisayd derbisiga keladigan bo'lsak, hozirgi kunda "Everton"ning ahvoliga havas qilib bo'lmaydi. Jamoa o'zining darajasidan ancha past ko'rsatkich ko'rsatyapti, turnir jadvalidagi holati ham buni tasdiqlab turibdi. "Liverpul" esa hujumdagi samaradorlik yuqoriligi evaziga ochkolarni barqaror to'plab keladi. Ayniqsa, Salahning o'zi o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin. Lekin, jamoalar o'rnidagi tafovutdan qatiy nazar, bu o'yin o'ziga xos derbi, klublarning o'rni o'yinga hech qanday tasir ko'rsatmaydi, deb o'ylayman. CHunki, bunday to'qnashuvlarda har doim murosasiz kurash kechadi. Lekin bir narsaga etibor berish kerakki, "Everton" o'z uyida 5 yildan beri "Liverpul"ga yutqazgani yo'q. Aytmoqchimanki, "Everton" har qanday vaziyatdayam "Liverpul"ga eng noqulay raqib bo'lib kelgan. Buni navbatdagi o'yinda ham amalda isbotlashga harakat qiladi. Jamoalarning ayni paytdagi mavqeyi, holatidan kelib chiqib "Liverpul" kamida 2ta to'p farqi bilan yutsa kerak. CHunki, "Everton"ning himoyasi ham, hujum chizig'i ham talab darajasida emas. SHuni inobatga olgan holda, mehmonda o'ynasa ham "Liverpul"ning g'alaba qozonish ehtimoli juda yuqori.
Qadrli muxlis, mazkur o'yinlardan siz qanday natija kutyapsiz?