Ispaniya va Italiya yoshlari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinida noxush voqea yuz berdi.
As xabariga ko'ra, «Real» futbolchisi Dani Sebalos raqib Juzeppe Petsella bilan tortishib qoldi. Mojaro payti Petsella uni turtib yubordi va hiqildog'idan oldi.
Shundan so'ng, Sebalos o'zini yomon his qilib, qayt qila boshladi. Futbolchi boshi aylanib borayotganini aytdi. Shifokorlar uni zudlik bilan davolash muassasasiga olib ketishdi.
Hozircha uning ahvoli haqida boshqa ma'lumot yo'q.