Ispaniya yoshlar terma jamoasi a'zosi Dani Sebalyos Italiya yoshlariga qarshi kechgan baxsdan so'ng kasalxonaga olib ketildi.
Xabarlarga ko'ra, futbolchi uchrashuv davomida bir nechta joylaridan og'riq sezgan va almashtirilgan. Ammo almashtirilgandan so'ng ham unga shifokorlar kerakli yordamni ko'rsata olmaganliklaridan so'ng, Dani kasalxonaga olib ketildi. Uchrashuv davomida Sebalyos bo'yin og'riqi va boshi aylanayotgani haqida murabbiylarga xabar berdi va u almashtirildi.