Ortda qolgan 4-tur uchrashuvlaridan so'ng, musobaqaning eng yaxshi dribling sohibi "Real Madrid" futbolchisi Vinisius Junior bo'lib turibdi. Mavsumni ko'tarinki ruhda davom ettirayotgan futbolchi hozirgacha raqiblarini bevosita dribling evaziga 28 marotaba dog'da qoldirishni uddaladi va bu eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.
Ikkinchi o'rinda "Yang Boyz" vakili Nikolas Ngamalyo va kuchli uchlikni PSJ futbolchisi Kilian Mbappe yakunlab beradi.