«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos «Manchester Yunayted»ga (2:1) qarshi Superkubok bahsida qo'lga kiritgan oltin medalini xayriya auktsioniga qo'ydi.
A Bola xabariga ko'ra, uni sotishdan olingan mablag'lar ijtimoiy tengsizlik bilan kurashuvchi Charity United fondiga beriladi.
Savdolarning tugashiga 20 kun qolganida, medal 2600 evroga baholanmoqda.