Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining tiklanishi uchun ikki haftadan uch haftagacha vaqt kerak bo'ladi. Demak, Beyl dekabr oyida maydonga qaytishi mumkin.
2021/2022 yilgi mavsumda u "Real" safida atigi uchta o'yin o'tkazdi. Uelslik futbolchi oxirgi marta 28 avgust kuni Madrid klubi libosida maydonga tushgandi. O'shandan beri forvard jarohat olganlar ro'yxatidan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" 21 noyabr, yakshanba kuni navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi. Karlo Anchelotti jamoasining raqibi "Granada" klubi bo'ladi.