Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Italiyaga qarshi JCh-2018 saralash o'yinidan oldin o'z fikrlarini aytdi.
"Bu juda muhim o'yin bo'ladi. Italiyada yaxshi futbolchilar bor. O'z uyimizda o'ynayotganimiz sababli, muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashiga ishonamiz.
JCh-2018 faoliyatimdagi so'nggisi bo'lmaydi, men hali kuch-quvvatdan qolmadim. Men futbol bilan yashamoqdaman, demak terma jamoani yaqin orada tark etmayman" - dedi Ramos.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya - Italiya o'yini 2 sentyabr kuni soat 23.45da boshlanadi.