"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 21-turidan qoldirilgan "Selta"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Biz tayyormiz. Bizda La Ligada o'ynashimiz kerak bo'lgan yana 2 ta final bor va shundan keyin hammasi tugaydi. Biz hammamiz jismoniy jihatdan yaxshi holatdamiz va ertangi o'yinni sabrsizlik bilan kutayapmiz. Men faqat ijobiy va bizda nima bo'lsa maydonda hammasini 100 foiz berish haqida o'ylayapman.
Bu qiyin bo'ladi, chunki "Selta" yaxshi jamoa. Biz ularni yaxshi raqib, deb bilamiz va bu qiyin uchrashuv bo'ladi, chunki bu "Sevilya"ga qarshi o'yinda ham bo'ldi va "Malaga" bilan bahsda ham bo'ladi. Men doimgidek "Selta"dan ham xuddi shuni kutayapman. Ularda juda yaxshi jamoa bor va ular o'zlarini o'yinini o'ynashadi. "Selta" borini berib o'ynaydi va bu o'yin qiyin kechadi, lekin biz qiladigan ishimizni o'zgartirmaymiz. Biz qolgan ikkita o'yinda yaxshi o'ynashga harakat qilamiz. Meni ko'proq qiziqtirayotgan o'y - bu biz qilmoqchi bo'lgan ish".
Uchinchi shaxsdan bonus haqida
"Men faqat ertangi o'yin haqida o'ylayapman va boshqa hech narsani o'ylamayapman. "Selta" professional jamoa va yutish uchun maydonga chiqishadi. Hech kam emas".
Chempionlardek his qilishi haqida
"Biz o'zimizni chempionlardek his qilmayapmiz. Biz xotirjamlikka berilish niyatimiz yo'q. Biz hech nimani yutmadik".
"Men bilan oldimda birga ishlaydigan har bir odam xursand, deb o'ylayman va tamom vasalom. Hozir men kelajak haqida o'ylamayapman, faqat har kungi ish haqida o'ylayman. Bu katta bosim ostidagi ish, lekin men har kuni o'z ishimdan rohatlanaman. Men hozir havotir olmayapman. Qachon men kiyinish xonasiga kelsam, men ko'rgan va qiladigan hamma narsa yoqadi, hech kim buni mendan tortib ololmaydi".
Krishtianu Ronaldu
"U ertaga biz bilan bo'ladi".
Bo'lishi mumkin bo'lgan diskfalifikatsiyalar haqida
"Isko, Krishtianu Ronaldu va Lukas Vaskezlar kerak bo'lsa o'ynashadi. Ular kartochka olmasligi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishadi. Siz pozitiv bo'lishingiz kerak".
Beylni holati
"Hozir Chempionlar Ligasi finali haqida gapiradigan vaqt emas. U ancha yaxshi va allaqachon ochiq maydonda shug'ullandi, lekin jamoa bilan emas. Biz bu bilan xursandmiz, lekin biz faqat ertangi o'yin haqida o'ylayapmiz va bu Vigoga bormaydi".
Morata
"U nimadandir jahli chiqqandi, mendan emas. Bu bo'lishi mumkin bo'lgan holatlardir. Biz bu haqida gaplashamiz va bu gapni o'sha yerda qoldiramiz".
Darvozabonlar
"Bizda 3 ta yaxshi darvozabon bor va uchchalasidan ham mamnunmiz. Men keyingi mavsum nima bo'lishini bilmayman. Ular juda yaxshi chiqishadi. Ruben kamroq o'ynadi, lekin u taqsinga sazovor bo'ldi".
Xames
"Bu muhokama qilinmaydi. U biz bilan, bugun mashg'ulot o'tkazmagan bo'lsa ham, chunki u og'ir zarba qabul qilib oldi. Biz faqat oldimizda turgan 3 ta final haqida o'ylayapmiz".