Braziliyalik futbolchi jamoaning so'nggi 30 ta o'yinida qatnashib, o'zini Madrid klubi himoyasining etakchilaridan biri ekanligini namoyon qildi.
Klub 23 yoshli futbolchining o'yinidan mamnun, uning yangi shartnomasi "Real Madrid" rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Militao Madrid klubiga 2019 yilning yozida "Portu"dan 50 million evro evaziga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.