Manbaning xabariga ko'ra, gap hujumchi Luka Yovich, himoyachilar Marselo va Xesus Valexo, yarim himoyachilar Garet Beyl, Isko va Eden Azar haqida ketmoqda.
Agar ushbu futbolchilarning barchasi jamoani tark etishsa, madridliklar maoshlarni yiliga 54 million evroga tejaydi va bu ularga PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash va Vinisius bilan shartnomani uzaytirish imkonini beradi.
Azar va Beyl har mavsumda 15 million evro, Isko va Marseloning har biri 8 million, Yovich 5 million, Valexo 3 million (Real Madridda faqat darvozabon Andrey Lunin undan kam maosh oladi) maosh oladi.
SHu bilan birga, Isko, Marselo va Beyl mavsum oxirida erkin agentga aylanishi mumkin.