La Liga 13-turi doirasida "Rayo Valekano" safarda "Real"ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Mehmonlar 77-daqiqadagi goli hujumchi Radamel Falkao nomiga yozildi. Futbolchi 69-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgandi.
35 yoshli kolumbiyalik "Rayo" safidagi 8 uchrashuvda (barchasi La Liga doirasida) 5 ta gol urishga erishdi.
Takidlash lozim, avvalroq Falkao "Barselona" darvozasini ham ishg'ol qilgan va uning goli "Rayo Valekano"ga g'alaba taqdim etgandi.