Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Farer orollariga (5:1) qarshi JCh-2018 saralashi o'yinida uchta gol urdi.
To'plardan biri "qaychi" uslubidagi zarbadan keyin darvozadan joy olgan edi.
«Bunday gol urishni ko'pdan buyon orzu qilardim. Uning takroriy lavhasini hali ko'rmadim, umid qilamanki, hali u bilan zavqlanaman.
Diskvalifikatsiya tufayli "Real"ning yana ikkita o'yinini o'tkazib yuboraman. Shu tufayli hozir diqqat-e'tiborim terma jamoa o'yiniga qaratilgan», — dedi Ronaldu.