Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.
YANGILASH
43-daqiqa. Militaoga nisbatan fol. Hakam jarima zarbasi belgiladi.
42-daqiqa. "Real" jarima zarbasi ishlab oldi. To'p oldida Alab va Benzema. Francuzning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.
39-daqiqa. GOOOOOOOL! Fernando muvozanatni tikladi! Bu vaziyatda Patrikning uzatmasini alohida takidlash lozim. Alaba qanchalar harakat qilmasin, to'pni qaytara olmadi.
39-daqiqa. Ogohlantirish! Raqibni quchoqlab olgani uchun Mendi ogohlantirildi.
36-daqiqa. Karvaxal sheriklarini noqulay vaziyatda qoldirmaslik uchun tortinmay to'pni ortga, Kurtuaga oshirdi.
35-daqiqa. Toni Kroos to'p o'rniga Tetening oyog'iga zarba berib yubordi, lekin darhol uzr so'ragani uchun bosh hakam uni kechirdi va sariq ko'rsatmadi.
34-daqiqa. Karim Benzema haqiqiy hujumchilarga xos tarzda, zarba yo'lladi, biroq to'p darvozadan ancha yuqoriroqdan o'tib ketdi.
32-daqiqa. Xavfli vaziyat! "SHaxtyor" futbolchilari kutilmaganda markazdan jarima maydonchasiga yorib kirib ketishdi, ammo Fernando o'ta qulay vaziyatda noaniq zarba yo'lladi. Militaoning ko'zlari katta-katta bo'lib ketgani, vaziyat naqadar jiddiyligini bildiradi.
31-daqiqa. "Real" yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo Benzema bilan Vaskes bir-birlarini tushunishmadi.
29-daqiqa. "SHaxtyor" to'pni nazorat qilmoqda.
27-daqiqa. Mehmonlar "Real" himoyasiga bosim uyushtirishga urinishmoqda.
26-daqiqa. "SHaxtyor"ning hujumini Militao uzib qo'ydi.
24-daqiqa. Mixail Mudrik jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo'lladi, lekin to'p to'g'ri Kurtuaning qo'liga borib tushdi.
Darvoqe, Benzemaning goli "Real Madrid" uchnu ECHLdagi yubiley - 1000-gol bo'lib tarixga kirdi.
20-daqiqa. To'pni raqibdan olib, Kazemiroga uzatgan Militao oxirigacha hujumga bordi, ammo raqibning oxirgi himoyachisi ham shunchaki qarab turgani yo'q. Biroq bu vaziyatda Eder qanotdan qo'rqmay oldinga ketaverganiyu, buni ko'rgan Kazemiro to'pni unga etkazishga uringanini takidlash lozim.
18-daqiqa. "SHaxtyor" hujumga hujum bilan javob berishga urindi, o'ngdan kuchli zarb bilan jarima maydonchasi tomon yo'llangan to'pni Tibo ushlab oldi.
17-daqiqa. Xavfli vaziyat! Lukas Vaskesning faolligi va aniq uzatmasidan keyin Luka Modrich zarba berdi, Trubin oyoqlari bilan to'pni qaytarishni uddaladi.
16-daqiqa. Yana Vinisius qanotidan oldinga o'tishga, xavfli vaziyat yaratishga urinib ko'rdi. Bu safar raqib bunga yo'l qo'ymadi.
14-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema hisobni ochmoqda. Vinnidan assist. Pressing ish berganini takidlash lozim, oxirida esa Benzema adashishi mumkin emasdi.
10-daqiqa. Har ikki darvoza oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi, mehmonlar vakilining zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytgan bo'lsa, barchani ortda qoldirgan Vinisius zarba berishga ulgurmadi.
Kazemiro qoidani buzgan deb topildi.
9-daqiqa. "Real" o'ngdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi.
8-daqiqa. Fernando to'p uchun kurashda Lukas Vaskesga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.
7-daqiqa. Alaba to'pni ololmagach, Patrikka nisbatan qoidani buzdi.
6-daqiqa. Vinisius qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, yana burchak zarbasi.
5-daqiqa. "Real" o'yindagi ilk burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.
5-daqiqa. Xavfli vaziyat! Luka Modrich va Lukas Vaskes to'pni bir-biriga uzatdi va xorvatiyalik qulay nuqtaga chiqib, zarba berdi, darvozabon o'zini ko'rsatdi.
4-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda va raqib himoyasining zaif nuqtasini izlash bilan ovvora.
2-daqiqa. "SHaxtyor" darvozasi oldida ilk xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi! P.S: O'tgan safar ushbu jamoalar to'qnashuvida 5 ta gol urilgandi.
Karim Benzema va Taras Stepanenko bosh hakam bilan o'yinni kim boshlashi, kim qaysi tomonda o'yinni boshlashini aniqlab olishdi. Keyin esdalik uchun surat.
Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi va saf tortishdi. Endi ECHL madhiyasi yangradi.
Muxlislar o'yin boshlanishini intiqlik bilan kutishmoqda.
Stadion uzra "Real Madrid" madhiyasi yangramoqda.
"Real Madrid" — "SHaxtyor"