"Hali menga hech narsa deyishmadi. Men hotirjamman, sababi amaldagi shartnoma hali uzoq amal qiladi. Ammo, yangi shartnoma imzolashni xohlardim, "Real"da qolishni juda ham xohlayman.
Qanchalik tez shartnoma imzolashim va unga ko'ra qancha olishim muhim emas. Eng muhimi, dunyoning eng zo'r klubida o'ynashdan qoniqish", - deydi Vinisius.
Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.