"Real Madrid" klubi 21 yoshli yarim himoyachisi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. Marca nashrining xabar qilishicha, klub o'yinchining ajoyib o'yinlari sabab unga yangi bitim taqdim qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda Vinisiusning maoshi yiliga 3.5 mln evroni tashkil qilsa, yangilangan kelishuvga ko'ra bu raqam 10 mln evroga etadi.
Eslatib o'tamiz, Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar davom etadi.