Yaqinda Azar qishki transfer oynasida "Real Madrid"ni tark etishi haqida mish-mishlar tarqaldi hamda "CHelsi" va "Nyukasl" unga qiziqish bildirayotgani aytilgandi.
Biroq Ispaniyaning nufuzli Marca nashri Eden Azarning "Real"dan ketishni istamasligi va "blankos"dagi asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashni davom ettirish niyatida ekanligini malum qildi.
Joriy mavsumda Eden Azar "Real Madrid" safida o'nta o'yinda qatnashib, o'z hisobiga atigi bitta golli uzatmani yozib qo'ydi.