"Men oxir-oqibat joriy mavsumda ilk bor o'ynaganimdan va jamoa g'alabasidan juda ham mamnunman, ammo, afsuski, muvaffaqiyatsiz to'qnashuv sabab burnimni shikastlab oldim. Operaciya talab qilinadi. Bu yo'ldagi yana bir to'siq, shuningdek kurashni davom ettirish uchun yana bir sababdir", - deb yozdi Dias o'z instagram sahifasiga.
Qayd etish kerakki, "Elche"ga qarshi o'yin 28 yoshli Dias uchun 2021/22 yilgi mavsumdagi birinchisi bo'ldi, bunga qadar u "qaymoqranglilar"ning joriy mavsum barcha musobaqalaridagi 13ta o'yinni o'tkazib yuborgan.
Forvard "Elche"ga qarshi o'yinda assist qayd etdi va 90 daqiqa harakat qildi.
View this post on Instagram