Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Farer orollariga qarshi o'yinda (5:1) 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, 32 yoshli futbolchining terma jamoadagi gollari soni 78taga etdi. Bu ko'rsatkich orqali "Real" futbolchisi afsonaviy Pelening natijasidan o'zib ketdi. Pele Braziliya termasi safiga 77ta gol urgan. Ronaldu 78ta gol bilan iroqlik Hussayn Said bilan tenglashib oldi.
Ronaldu faoliyatida 48, Portugaliya terma jamoasi safidagi 5-xet-trikni qayd etdi.