"Garet kecha tibbiy ruxsat oldi va u bir haftadan so'ng jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkaza oladi deb o'ylayman. U "Rayo Valekano"ga qarshi o'ynashi mumkin", - deydi Anchelotti.
32 yoshli uelslik futbolchi "Selta"ga qarshi sentyabr oyi boshidagi o'yindan oldin jarohat olgan edi. "Rayo"ga qarshi bahs 6 noyabrda bo'lib o'tadi.
Beyl joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.