"Vinisius oldin "Barsa"ga muxlislik qilardi. U "Barsa" CHempionlar Ligasida PSJni 6:1ga yutganda, yig'lagandi, u haqiqiy muxlis edi.
Vinisiusning "Barselona"ga o'tishi hal qilingandi. Uning ikki agenti ham mening katta do'stlarim edi. Bitim yopilgan edi, yagona qolgan narsa - Vinisiusning shartnomaga imzo chekishi edi, ammo so'nggi lahzada do'stlarim menga va klubga xiyonat qilishdi. Men bu 2017 yilda ro'y berganidan buyon ular bilan gaplashmayman", - deydi Kyuri.
Junior joriy mavsum La Liga doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.