Eslatib o'tamiz, kecha "Barselona" o'z uyida La Liga 10-tur doirasida ashaddiy raqibi bo'lgan "Real" (1:2)ga mag'lub bo'ldi. O'yindan so'ng Kuman mashinasida stadiondan chiqib ketmoqchi bo'lgan payt ko'plab tajovuzkor muxlislarning hujumiga uchradi.
"Barselona" esa vaziyatga izoh berdi.
"Biz murabbiyimiz "Kamp Nou"ni tark etganda yuz bergan zo'ravonlik va mensimaslik hatti-harakatlarini ommaviy qoralaymiz. Klub bunday hodisa takrorlanmasligi uchun zarur xavfsizlik va intizomiy choralarni ko'radi", - deyiladi xabarda.
"Barselona" 15 ochko bilan Ispaniya chempionatida 8-o'rinda bormoqda.