"Agar faqat bitta o'yinni tanlashim kerak bo'lsa, men "Santyago Bernabeu"da bizning foydamizga 6:2 hisobi bilan yakunlangan to'qnashuvni atagan bo'lardim. O'yin, natija va o'sha g'alaba biz uchun LaLiga bosh sovrinini deyarli kafolatlab qo'ygani uchun shu tanlovni qildim. O'sha kuni men gol urib o'yindagi hisobni bizning foydamizga 2:1 qilgan edim. Bu men uchun o'zgacha lahza bo'lgandi, sababi men ko'p gol urmaganman. "Klasiko"dagi gol esa - umuman boshqacha tuyg'u", - deya Puyolning so'zlarini keltirdi "Marca" nashri.
LaLiga 10-turidan o'rin olgan "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin 24 oktyabr kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.