32 yoshli ispaniyalik futbolchi o'tgan hafta jarohatidan so'ng safga qaytdi, shu sabab hali optimal jismoniy holatga kirib olmadi.
Alba asosiy tarkibda o'ringa ega bo'lish uchun qattiq harakat qilmoqda. Klub tibbiy xizmati futbolchi o'ynashi uchun og'riq qoldiruvchi ukol ishlatish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"Barselona" va "Real" yakshanba, aniqrog'i 24 oktyabrda o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanadi.