"Benzema o'tgan mavsumdagi va hozirda ko'rsatayotgan o'yinlari bilan "Oltin to'p"ga loyiq. Karim kuchliroq xarakter bilan kuchli liderlik fazilatlariga ega futbolchiga aylandi. U boshqalarga o'yin paytida ham, o'yindan tashqarida ham namuna bo'lmoqda. Bunday o'yinchining tarkibimizda borligi omadimizdir", - deydi Anchelotti.
33 yoshli francuz joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etdi.
"Oltin to'p" marosimi 29 noyabrda Parijda topshiriladi.