"Real"ning asosiy tarkib futbolchilari jarohatlaridan qutulishdi va 24 oktyabr kuni Madrid muxlislarini xursand qilishlari mumkin.
Belgiyalik va ispaniyalik "Real"ning umumiy guruhdagi mashg'ulotlariga kirishishdi. Ularning dastlabki daqiqalardan o'ynashi qiyin masala, ammo katta ehtimol bilan ular "El Klasiko" uchun qaydnomaga kirishadi.
Eslatib o'tamiz, kecha noqulaylik sabab Karim Benzema jamoa bilan shug'ullana olmadi. Ammo, francuz yakshanba kungi o'yinga ulgurishi kerak.