"Karim - ajoyib o'yinchi. U anchadan beri shunaqa. Uning Millatlar Ligasidagi o'yini "Oltin to'p" darajasida edi. U qanday harakatlanishni biladi va doim to'g'ri qaror chiqaradi.
Benzemaning o'yinini ko'rish - yoshlar uchun yaxshi imkoniyat. Sababi u jamoasiga to'pni qaytarish uchun yuguradi, qachonki to'p uning jamoasida bo'lsa, Karim doimo ochiq.
Ajoyib o'yinchi. Bu "Oltin to'p" uchun keraklisi. Agar u bu yilda ushbu sovrinni olsa, men u uchun juda ham mamnun bo'laman", - deydi Gurvennek.
"Oltin to'p"ni taqdirlash marosimi 29 noyabrda Parijdagi SHatl teatrida bo'lib o'tadi.