Madridliklar soliqlardan so'ng Franciya terma jamoasining 28 yoshli o'yinchisiga yiliga 14 million evro to'lashga tayyorlar.
Ispan klubi shuningdek Pogba va uning agenti Mino Rayolaga miqdori 30 millionlik bonus taklif qilmoqda.
SHu bilan birga, MYU futbolchini saqlab qolmoqchi. Klub Pogbaga 5 yillik shartnoma va 20 mln evro maosh taklif qildi.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2022 yilning 30 iyunida erkin agentga aylanadi.